Oksana Chusovitina Bokudagi jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichida ayollar o‘rtasida tayanib sakrash bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Eng kuchli 8 nafar sportchi orasida bahs olib borgan vakilamiz Oksana Chusovitina 14,450 ball bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Finalchilar orasida faqatgina amerikalik Jeyd Keri Chusovitinaning natijasini yaxshilay oldi xolos. Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan meksikalik Aleksa Moreno joy oldi.
Sport gimnastikasi. Jahon kubogi.
Ayollar, tayanib sakrash
1. Jeyd Keri (AQSh) – 14,766
2. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 14,450
3. Aleksa Moreno (Meksika) – 14,249
Vakilimiz endi 20-23-mart kunlari Doxada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon kubogi bosqichiga yo‘l oladi. Yangi reglamentga ko‘ra, aynan ushbu musobaqalar Tokio-2020 Olimpaidasi kvalifikatsiyasining bosqichlari hisoblanadi.
Oksana fevral oyida Melburn shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogida ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash bahslarida ham kumush medal olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter