Oksana Chusovitina final bosqichiga chiqa olmadi va Olimpiadani tark etdi
Olimpiada-2020 sport gimnastikasi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi saralash bosqichi o‘tkazilib, unda o‘zbekistonlik afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik 46 yoshli sportchining chiqishi hakamlar tomonidan 14.166 ball olib, 11-natijani qayd etdi.
Oksana Chusovitina so‘nggi chiqishini amalga oshirgach, arenadagi barcha rasmiylar va gimnastikachilar afsonaviy sportchini qarsaklar ostida kuzatib qo‘yishdi. Chusovitina musobaqani ko‘z yoshlar bilan tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Chusovitina uchun faoliyatidagi 8-Olimpiadaga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter