Obidxon No‘monov «Katta dubulg‘a»da kumush medaliga sazovor bo‘ldi
Gruziya poytaxti mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» musobaqasining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining g‘aznasi kumush medali bilan boyidi.
-73 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan Obidxon No‘monov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Hamyurtimiz final bellashuvida mo‘g‘ulistonlik Erdenbayar Batzayaga imkoniyatni boy berdi.
Bu No‘monov uchun «Katta dubulg‘a» turnirlaridagi uchinchi medal bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlarda Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter