Nursulton Ro‘ziboyevning raqibi hibsga olindi
UFC jangchisi Sedrik Dyuma Florida shtatida ijtimoiy tarmoqlarda politsiya bilan keskin to‘qnashuv videosini joylashtirganidan so‘ng hibsga olindi.
Eskambiya okrugidagi qamoqxona ma’lumotlariga ko‘ra, Dyuma seshanba kuni ertalab soat 6:14 da hibsga olingan. Qayd etilishicha, u hali ham qamoqda.
Dyumaning UFCdagi so‘nggi jangi o‘tgan yilning 21 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgandi. U Abu Azeitar ustidan g‘alaba qozongandi. Sportchi 9 jangida g‘alaba qozongan, bir bor mag‘lub bo‘lgan.
Dyuma 30 mart kuni Atlantik-Siti shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night musobaqasida o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyevga qarshi jang o‘tkazishi rejalashtirilgandi. Biroq, u endi UFC veb-saytida ro‘yxatda ko‘rsatilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter