Nursulton Ro‘ziboyev alamli mag‘lubiyatga uchradi

Nursulton Ro‘ziboyev 3 raundlik jangda Xoakin Bakliga yutqazdi.
UFC’ning Sent Lyuisdagi turnirida Nursulton Ro‘ziboyev (34-9-2) amerikalik Xoakin Bakli (19-6) jang qildi.
Bakli uchala raundda ham faollik ko‘rsatdi. Aniq zarbalar va teykdaunlar sonida ham Bakli ustunlik qildi. Nursulton esa bu jangda faollik ko‘rsata olmadi.
Yakunda hakamlar 30-27, 30-26, 29-27 hisobida Baklining g‘alabasini qayd etdi. Bu Nursulton Ro‘ziboyev uchun UFC’dagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter