Nursulton 50 ming dollarlik qo‘shimcha bonus ham ishlab oldi
Biroz oldin Amerikaning Las-Vegas shahrida joylashgan UFC Apex arenasida UFC Vegas 76 turniri yakuniga yetdi.
Mazkur musobaqada yorqin jang ko‘rsatgan to‘rt nafar jangchi bonusga ega bo‘ldi. Ular orasida kuchli raqibini birinchi raunddayoq «tinchitgan» hamyurtimiz ham bor:
Guram Kutateladze va Elves Brener – «Kecha jangi»
Shon Striklend – «Kecha chiqishi»
NURSULTON RO‘ZIBOYeV – «Kecha chiqishi».
Shu tarzda mazkur jangchilar kafolatlangan gonorardan tashqari 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter