Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmagomedov jamoasidagi sportchi jangdan oldin hushidan ketdi

Nurmagomedov jamoasidagi sportchi jangdan oldin hushidan ketdi

Foto: «Youtube.com»

Rossiyalik MMA jangchisi Islom Mamedov koreyalik «UAE Warriors 13» musobaqasida Kyun Po Kim bilan bo‘ladigan jangdan oldin hushidan ketib qoldi. Bu haqda jurnalist Jon Xon Ko «Twitter»da xabar berdi.

Jang 25-sentyabr kuni Abu-Dabida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq rossiyalik sportchining ahvoli tufayli u bekor qilindi. Ta’kidlanishicha, vaznini haddan tashqari o‘zgartirgani bois Mamedovning ahvoli yomonlashib qolgan.

30 yoshli Mamedovning hisobida 18 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va MMA qoidalariga ko‘ra o‘tkazilgan jangda bitta durang bor. U Abdulmannop Nurmagomedovning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan shug‘ullanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring