Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Novak Jokovich US Open g‘olibi bo‘ldi va rekordini yangiladi

Novak Jokovich US Open g‘olibi bo‘ldi va rekordini yangiladi

AQShda bo‘lib o‘tgan tennis bo‘yicha US Open musobaqasi finalida Novak Jokovich rossiyalik Daniil Medvedevni mag‘lub etib (6:3/ 7:6/ 6:3), navbatdagi yirik sovrinini qo‘lga kiritdi.

Serbiyalik tennischi «katta dubulg‘a» turnirlari g‘olibligi bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Unda jami 24 yirik sovrin bor.  Undan keyingi o‘rinda turuvchi Rafael Nadal hisobida 22ta chempionlik bor.

Mazkur turnirda Novak 3 mln dollar, finalchi 1,5 mln dollar ishlab oldi.

Shuningdek, 36 yoshli Jokovich US Open tarixidagi eng yoshi katta chempionga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring