Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaning eng yaxshi sportchisi aniqlandi

Yevropaning eng yaxshi sportchisi aniqlandi

Polsha matbuot agentligi (PAP) talqini bo‘yicha, jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich Yevropaning 2021- yildagi eng yaxshi sportchisi, deb topildi. Bu haqda «The Brussels Times» xabar berdi.

Novak Jokovich. FOTO: TENNISUA.ORG

Axborot agentliklari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, Jokovich 172 ball to‘pladi.

Uning eng yaqin ta’qibchisi — «Bavariya» futbolchisi, polshalik Robert Levandovski hisobida 133 ball bor. «Formula-1»ning 2021 yilgi chempioni Maks Ferstappen uchinchi o‘rinda — 125 ball.

Novak Jokovich 2011, 2015 va 2018 yillarda ham Yevropaning eng yaxshi sportchisi bo‘lgan. 34 yoshli serb tennischisi bu yil «Australian Open», «Rolan Garros» va «Uimbldon» turnirlarida g‘olib chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring