Nodirbek Abdusattorov yarim finalga chiqdi
![Nodirbek Abdusattorov yarim finalga chiqdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3707033116.jpg)
Shaxmat bo‘yicha onlayn tarzda tashkil etilgayotgan «Aimchess Rapid» turniri 1-divizionida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
Kecha o‘tkazilgan chorak final bahsida u dunyoning 8-shaxamatchisi, AQShlik Uesli Soni 3:2 hisobida mag‘lub etib navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Bugun o‘tkaziladigan yarim finalda unda yana bir AQSh vakili Levon Aronyan raqiblik qiladi.
Ikkinchi yarim finalda Magnus Karlsen va Fabiano Karuana o‘zaro dona suradi.
Turnir g‘olibi qimmatli ochkolar bilan birgalikda 30 ming AQSh dollariga ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter