Nodirbek Abdusattorov uchun hal qiluvchi kun

Qozog‘istonning Almati shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSh dollarini tashkil etgan jahon birinchiligining ikkinchi kungi bahslaridan so‘ng eng yaxshi natijani kutilganidek Nodirbek Abdusattorov qayd etib turibdi.
Rapid yo‘nalishida amaldagi jahon chempioni, o‘z unvonini himoya qilayotgan Nodirbek o‘tkazilgan 9 partiyada 7 ochko jamg‘arib, 178 shaxmatchi orasida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 3-o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onada borayotgan rossiyalik Vladimir Fedoseyev hisobida ham 7 ochko bor.
Jahon toji sohibi Magnus Karlsen esa 7,5 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti.
Abdusattorov 9 partiyaning 6 tasida g‘alaba qozondi, ikki bor durang o‘ynadi va faqat norvegiyalik Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
9-turdan keyin shaxmatchilarimiz egallab turgan o‘rinlar:
3. Nodirbek Abdusattorov - 7 ochko
30. Nodirbek Yakubboyev - 5,5
79. Javohir Sindarov -5
89. Shamsiddin Vohidov - 4,5
115. Muhiddin Madaminov - 4
123. Jahongir Vohidov - 4
142. Muhammadzohid Suyarov - 3,5
161. Humoyun Begmuratov - 3
Turnir jami 13 turdan iborat va qolgan 4 ta o‘yinning barchasi bugun bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter