Nodirbek Abdusattorov muddatidan avval yarim finalga chiqdi
Umumiy mukofot jamg‘armasi 400 000 dollarni tashkil etuvchi «Fischer Random World Chempionship-2022» turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov muvafaqiyatli ishtirok etmoqda.
Musobaqada 8 shaxmatchi ikki guruhga bo‘lingan holda bahslarni olib boryapti. Guruh bosqichida har bir sportchi o‘zaro ikki martadan to‘qnash kelishadi va har bir to‘qnashuv ikkita o‘yindan iborat bo‘ladi.
Abdusattorov kecha 3 va 4-tur doirasida islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi 4 partiya o‘yin o‘tkazdi hamda ularning barchasida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, hamyurtimiz 8 imkoniyatdan 7,5 ochko to‘plagan holda «A» guruhida muddatidan avval yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu guruhda rossiyalik Yan Nepomnyashchiy 5 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, AQShlik So Uesli hisobida 3 ochko mavjud. Gretarsson esa 0,5 ochkoga ega.
Abdusattorov bugun guruh bosqichining so‘nggi 2ta tur bahslarini (Nepomnyashchiy va Uesliga qarshi) o‘tkazadi hamda guruh peshqadamligini saqlab qolsa, yarim finalda «B» guruhida 2-o‘rinni egallagan shaxmatchi bilan yarim finalda to‘qnash keladi. Bu guruhda Nakamura (AQSh) va Magnus Karlsen (Norvegiya) guruhdan chiqish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turishibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter