Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi dona suradi

Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi dona suradi

Varshavada o‘tayotgan blits va rapid bo‘yicha jahon chempionatining 9 ta turi ortda qoldi. Hozircha turnir jadvalida amaldagi shaxmat toji egasi Magnus Karlsen 7,5 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. 2-o‘rinda esa hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 7 ochko bilan Karlsenni ta’qib qilmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tadigan 10-turda ushbu ikkala shaxmatchi o‘zaro kuch sinashadi.

18 yoshli Nodirbek turnir davomida dunyoning eng kuchli shaxmatchilari Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Radoslav Voytashek, Boris Gelfand kabilarni mag‘lub etdi, Yan Nepomnyashiy va Aleksandr Grishuk bilan durang o‘ynadi.

Bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring