Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Gukesh bilan bahsda mo‘’jiza ko‘rsatdi!

Shaxmat olimpiadasining 10-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston-2 jamoasi bilan durang qayd etdi (2:2).
Ushbu qarama qarshilikda Javohir Sindarov mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev va Jahongir Vohidov durang qayd etishdi.
Bahs taqdiri ikki jamoaning yetakchilari — Nodirbek Abdusattorov hamda Gukesh Dommarajmu o‘rtasidagi murosasiz kurashda hal bo‘ldi.
Hindiston terma jamoasining yosh yulduzi turnir davomida hali birorta mag‘lubiyatga uchramagandi. Bu bahsda ham Gukesh ustunlikka ega bo‘lib oldi, ekspertlar uning g‘alabasini qayd eta boshladi. Nodirbekka hatto durang qayd etish ham qiyinligi aytilayotgan bir paytda, hamyurtimiz bahs yakunini ajoyib tarzda o‘tkazdi va Gukesh hisobiga birinchi mag‘lubiyatni yozib qo‘ydi.
Musobaqa yakunlanishiga yana bir tur qolganda terma jamoamiz hamon turnir jadvalida yetakchilikni saqlab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter