Nodirbek Abdusattorov finalda Magnus Karlsenga qarshi!
Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli Aimchess Rapid onlayn turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Kecha musobaqada 1/2 final uchrashuvlari o‘tkazildi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2703) final ostonasida AQSh sharafini himoya qilib kelayotgan Levon Aronyan (2743)ga qarshi dona surib, nomdor raqibini 2,5:0,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikki partiyada grossmeysterimizning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana birida durang qayd etildi.
Ikkinchi yarim final juftligida esa shaxmat qiroli Magnus Karlsen (2829) amerikalik Fabiano Karuano (2752) ustidan 2,5:1,5 hisobida zafar quchdi.
Endi bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen o‘zaro hisob-kitob qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz turnirning chorak finalida AQShlik Uesli Soni 3:2 hisobida mag‘lub etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter