Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov 11 ming AQSh dollari ishlab oldi

Nodirbek Abdusattorov 11 ming AQSh dollari ishlab oldi

Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan Superbet Poland 2024 turniri yakunlandi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 11 ming AQSh dollari ishlab oldi.

Turnirning sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil etdi. Musobaqada rapid hamda blits bahslaridan so‘ng 26 ochko to‘plagan Magnus Karlson musobaqa g‘olibi bo‘ldi hamda 40 ming dollar sohibi bo‘ldi.

Nodirbek Abdusattorov esa musobaqada 17.5 ochko bilan 6-o‘rinni egalladi. Shu tariqa unga 11 ming AQSh dollari miqdorida pul mukofoti berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring