Niyaz Polatov jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi
Meksikada o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida navbatdagi kunda ham O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
-63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Niyaz Polatov Ozarbayjon, Misr, Eron, Xorvatiya va Ispaniya vakillarini mag‘lub etib, finalgacha yetib keldi. Biroq hal qiluvchi jangda xitoylik Liang Yushuaiga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun joriy chempionatdagi to‘rtinchi medal. Bu bilan dunyo birinchiliklarida qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha eng yaxshi natijani yangiladik.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jahon chempionatida ikki vakilimiz sovrindor bo‘lishgandi.
Terma jamoa yetakchisi, olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashidov esa kutilmaganda yutqazib qo‘ygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter