Niderlandiya termasida bosh murabbiy majburan o‘zgardi
Futbol bo‘yicha Niderlandiya terma jamoasi majburiy tarzda bosh murabbiyni almashtirishga qaror qilgan. Bu haqda mamlakat qirollik futbol uyuushmasi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan terma jamoaga Ronald Kuman bosh murabbiylik qiladi. Uning shartnomasi 2026 yildagi jahon chempionati yakuniga qadar imzolangan.
Jamoaning amaldagi murabbiyi Lui van Gal 2021 yil sentyabrda Frank de Burning o‘rniga tayinlangandi. Ammo yaqinda uning prostata saratoniga chalingani haqida xabarlar tarqagandi. Niderlandiya termasi bilan van Gal Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022da A guruhida Qatar, Senegal va Ekvador bilan to‘qnash keladi.
Ronald Kuman esa 2020 yil avgustda «Barselona» bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Ammo bir qator omadsiz o‘yinlardan so‘ng ishdan haydalib, o‘rniga Xavi tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter