Neymar Amerika kubogida qatnashadimi?

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jarohati sababli mashg‘ulotlarni oxirigacha yetkaza olmadi. Bu haqda «Globo Esporte» xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, mashg‘ulot payti Neymarning chap tizzasida og‘riq turgan. Shifokorlar yordamidan keyin u yana mashg‘ulotlarga qaytishga urindi.
Biroq bir nechta mashqdan so‘ng Neymar terma jamoa shifokorlari hamrohligida maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.
Ma’lumot uchun: Braziliya terma jamoasi shu yilning 14-iyunidan 7-iyuliga qadar o‘z uyida bo‘lib o‘tadigan Amerika kubogiga hozirlikni boshlab yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter