Neymar Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun nima qilish kerakligini aytdi
Braziliyalik futbolchi murabbiy Kristofe Galte qo‘l ostida u yanada mukammal futbolchiga aylanganini qayd etdi.
«Endi o‘zimni to‘liqonli futbolchidek his qilyapman. Men himoyaga yordam bera olaman, hujum qilib, gol ura olaman va hal qiluvchi paslarni beraman. Men zo‘r himoyachi emasligimni bilaman. Lekin jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qilyapman.
Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun jamoa gol o‘tkazib yubormasligi yoki raqibga imkon qoldirmaslik uchun ko‘p harakat qilishi kerak. Biz hal qiluvchi bosqichlarga shunday tayyorgarlik ko‘ramiz», dedi «PSJ» hujumchisi.
Neymar o‘z klubida ushbu mavsumda 13 o‘yinda 11 golurdi va 9 ta golga assistentlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter