Nasri 4 yilga futboldan chetlashtiriladi
«Antalyaspor» klubining fransiyalik yarimhimoyachisi Samir Nasri antidoping qonunchiligini buzgani tufayli 4 yilga futboldan chetlashtirilishi mumkin.
Gap shundaki, 30 yoshli futbolchi 2016/17 yilgi mavsumda, «Sevilya» tarkibida o‘ynab yurgan kezlarida qonidan antidoping qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan modda topilgan. Ispan antidoping laboratoriyasi UYeFAga fransuz yigitini 4 yilga futboldan chetlatish taklifi bilan chiqdi.
Aytishlaricha, Nasrining jazodan qutulib qolish uchun bergan apellyasisiga UYeFA «yo‘q», deya javob bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter