Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nasaf» ketma-ket ikkinchi marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi

«Nasaf» ketma-ket ikkinchi marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi

Buxoro shahrida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola kubogi finali yakuniga yetdi. Finalda «Navbahor» va «Nasaf» to‘qnashdi.

O‘yinda hisobni «Nasaf» ochdi (Mozgovoy, 29-daqiqa). 58-daqiqada Abdumannopov hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqtda boshqa gol urilmadi, hakam qo‘shimcha taymlar belgiladi.

101-daqiqada Lima boshi bilan yo‘llagan ajoyib gol yana qarshiliklarni oldinga olib chiqdi va yakunda o‘yin taqdirini hal qildi: «Nasaf» ketma-ket ikkinchi marta O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi

Buxoro, 2022-yil 30-oktyabr

«Navbahor» – «Nasaf» – 1:2

«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 6. Rustam Ashurmatov, 10. Jamshid Iskanderov, 14. Jamshid Boltaboyev, 20. Doniyor Abdumannopov (17. Diyorbek Turopov, 83), 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich, 24. Davron Hoshimov (28. Stanislav Andreyev, 70), 32. Zoran Marushich, 77. Asadbek Sobirjonov.

«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Sharof Muhitdinov (34. Sherzod Nasrullayev, 63), 8. Dilshod Saitov (27. Zafarmurod Abdirahmatov, 98), 19. Mateus Lima Kruz, 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov (18. Bahrom Abdurahimov, 63), 88. Marko Stanoyevich, 92. Umar Eshmurodov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring