«Nasaf» finalda 3 ta to‘p o‘tkazib yubordi

Bahraynning «Al-Muharraq» va Qarshining «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi OFK Kubogi final uchrashuvi nihoyasiga yetdi.
Mezbonlar uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Muhmud Al-Mardining chiroyli goli evaziga hisobda oldinga o‘tib oldi.
So‘ng «Nasaf» bir qator qulay vaziyatlarni golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo‘lim oxirlarida esa yana mezbonlar ketma-ket ikkita gol urib, hisobni yirik - 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘yishdi.
Shu tariqa «Nasaf» OFK Kubogidagi ikkinchi g‘olibligini qo‘lga kirita olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter