Murodjon Ahmadaliyev bo‘lajak raqibi haqida gapirdi
WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (11-0, 8 KO) 8 aprel kuni San-Antonio (AQSh)da IBF yo‘nalishi bo‘yicha majburiy raqib filippinlik Marlon Tapalesga (36-3, 19 KO) qarshi bo‘lib o‘tadigan jangiga tayyorgarlikni yakunlamoqda.
«Raqibim chapaqay, tezkor, kuchli, yaxshi zarbaga ega. Ammo men ringga faqat kamarlarimni himoya qilish maqsadida chiqaman. Kim kuchliroq ekanligini faqat ring ko‘rsatadi.
Bu albatta, ajoyib jang bo‘ladi, chunki uslublarimiz o‘xshash. Ikkalamiz ham kuchli zarbaga egamiz, ikkimiz ham oldinga boramiz. To‘qnashuv ajoyib bo‘lishiga ishonaman. Men o‘zimning eng yaxshi jihatlarimni ko‘rsatish uchun bor kuchimni sarflayman — kuchli zarba, tezlik, bokschilik aql-zakovati. Lekin hammasini ring ko‘rsatadi», — dedi Ahmadaliyev xorij nashriga bergan intervyusida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter