Muhammad Saloh barcha mish-mishlarga nuqta qo‘ydi
«Liverpul» jamoasi futbolchisi Muhammad Saloh klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan va boshqa jamoaga o‘tib ketishi haqidagi barcha mish-mishlarga nuqta qo‘ygan.
«Men bu klubda sovrinlarni yutib, xursand bo‘laman. Menimcha, biz barcha musobaqalarda kurashish uchun yaxshi holatdamiz. Shunchaki qattiq mehnat qilish, ijobiy o‘ylash va g‘alabalar sari olg‘a yurishimiz kerak», degan Saloh.
30 yoshli Muhammad Salohning shartnoma muddati hozircha ochiqlanmagan. U 2017 yilda mersisaydliklarga qo‘shilgan bo‘lib, 2019 yilda YeChL g‘olibi, 2020 yilda Angliya chempioni, 2022 yilda Angliya kubogi sohibi, 2019 yilda UYeFA superkubogi sohibi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter