Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vaziriga yana bir vazifa yuklandi

Mudofaa vaziriga yana bir vazifa yuklandi

Mudofaa vaziriga yana bir vazifa yuklandi: endi u O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasini ham boshqaradi.

Bu haqda bugun, 23-dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda, jumladan, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur infratuzilma va qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘q otish sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga muvofiq, federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi, so‘ngra O‘q otish sporti federatsiyasi raisi lavozimiga mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov nomzodi taklif etilib, yig‘ilish delegatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Yig‘ilishda yangi saylangan federatsiya raisi majlis ishtirokchilarini mamlakatda o‘q otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirish yo‘lida kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi bilan tanishtirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring