Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Modrich va Marselo ortidan: «Real»ning yana 4 futbolchisi koronavirusga chalindi

Modrich va Marselo ortidan: «Real»ning yana 4 futbolchisi koronavirusga chalindi

Garet Beyl va Karlo Anchelotti.

Foto: «Sports.ru»

Koronavirus Madridning «Real» klubini nishonga olmoqda. Yarimhimoyachilar Marko Asensio, Garet Beyl va Rodrigo hamda darvozabon Andrey Luninda kovid aniqlangani haqida klub matbuot xizmati yozmoqda.

Bosh murabbiy Karlo Anchelottining o‘g‘li va assistenti Davide Anchelotti ham yuqoridagi futbolchilar qatorida kovid-testni musbatga topshirgan.

Kecha koronavirus Luka Modrich va Marseloni safdan chiqargani haqida xabar bergandik.

«Real»ning «Kadis»ga qarshi o‘yini (19-dekabr) qoldirilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring