Mixael Shumaxer oyoqqa turyapti
«Formula-1»ning yetti karra chempioni, to‘shakka mixlanib qolgan Mixael Shumaxer mustaqil nafas olishni boshladi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar berdi.
Shumaxer hozir oilasi bilan villasida yashayapti. Shunga qaramay, unga doimiy muolaja juda zarur. Nashr uning davolanishiga haftasiga 50 ming funt sterling sarflanayotganini hisoblab chiqdi.
28 noyabr kuni Shumaxerni ziyorat qilgan arxiyepiskop Georg Gensvayn uning salomatligi haqida to‘xtalarkan, sportchi «o‘sha Mixael Shumaxer»ligicha qolganini ta’kidlagan va bemorni qo‘llab-quvvatlayotgan oilasiga tasanno aytgan.
Shumaxer 2013-yili Alp tog‘larida chang‘i uchish chog‘i yiqilib, bosh miyasiga jiddiy shikast yetgandi. Yiqilish barobarida u koma holatiga tushgan. 2014-yildan beri u Jeneva ko‘li bo‘yidagi shaxsiy villasida davolanishni davom ettiryapti. Uning oilasi matbuot bilan aloqani cheklagan.
Mixael Shumaxer 2019-yilning 3-yanvar kuni 50 yoshga to‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter