Mirazizbek Mirzahalilov yana alamli mag‘lubiyatga uchradi
![Mirazizbek Mirzahalilov yana alamli mag‘lubiyatga uchradi](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3531289634.jpg)
Serbiyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida amaldagi chempion Mirazizbek Mirzahalilov dastlabki bosqichdayoq alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
-57 kg vazn toifasida u amerikalik Jamal Harviga 3:2 yutqazib qo‘ydi va turnirdagi yurishini juda erta to‘xtatdi. Oxirgi raundda Mirazizbek ancha faol bo‘lgan va ko‘proq zarbalar bergandi, ammo yakunda hakamlar g‘oliblikni amerikalik bokschiga berishdi.
Mirazizbek Mirzahalilovga so‘nggi olimpiadada ham shunday alamli mag‘lubiyat yozilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter