Ming chavandoz qatnashgan ko‘pkarida Boburshoh polvon bosh sovrinni yutib oldi (foto)
Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun katta uloq-ko‘pkari musobaqasi ommaviy bahslarida ko‘plab sovrinlar o‘yinga qo‘yildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning asosiy sovrini — avtomobil uchun bo‘lgan 18-marra bellashuvlari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.
Ishtirokchilar orasida mamlakatimizning barcha hududlari bilan birga, qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan jami mingdan ziyod chavandozlar ishtirok etdi.
Yakunda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov g‘olib sirdaryolik Boburshoh polvon Ahadovga asosiy sovrin — avtomobil kalitini topshirdi.
— Bugungi ko‘pkari bellashuvlari halol va murosasiz o‘tdi, — deydi Boburshoh Ahadov. — Bu sport turi bilan 10 yildan beri shug‘ullanaman. Asosiy sovrinni yutganimdan xursandman. Barcha chavandozlarga shu kabi g‘alabalar nasib qilsin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter