Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ladi

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ladi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Ertaga, 26-dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasining XVIII Bosh Assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda 2018-yilda qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti taqdim etiladi.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik hususida ma’lumot beriladi. Shuningdek, Assambleya davomida tashkilot rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berishi, Ijroiya qo‘mitaga yangi a’zolar saylanishi kutilmoqda. Demak, ertaga MOQ rahbariyatida o‘zgarishlar yuz beradi.

Shu munosabat bilan, Milliy olimpiya qo‘mitasi ommaviy axborot vositalari xodimlarini ushbu tadbirga taklif etdi. Bosh Assambleya yig‘ilishi 26-dekabr kuni soat 16:00 da Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring