«Vaqf» fondi rahbariyatida tayinlov amalga oshirildi
«Vaqf» fondi rahbariga o‘rinbosar tayinlandi.
Fond boshqaruvi rahbarining 2023-yil 2-iyundagi buyrug‘iga asosan, Abdullayev Isaxon Ne’matullayevich «Vaqf» xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
I.Abdullayev 1999-2005-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar va fatvo bo‘limi xodimi, 2005-2008-yillarda O‘MI maxsus jamg‘armasi raisi, 2008-2018-yillarda O‘MI huzuridagi «Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish» xayriya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter