Milliy gvardiya qo‘mondoniga yana bir vazifa yuklandi
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Videoselektor shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi raisi lavozimiga bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni sifatida faoliyat olib borayotgan Jo‘rayev Rustam Mirzayevich nomzodi taklif etildi va yig‘ilish delegatlari tomonidan bir ovozdan saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter