Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mesut O‘zil uyg‘urlar haqidagi fikrlaridan so‘ng Xitoyda «zapret»ga tushdi

Mesut O‘zil uyg‘urlar haqidagi fikrlaridan so‘ng Xitoyda «zapret»ga tushdi

Avvalroq taniqli futbolchi Mesut O‘zil Xitoy hukumatining Sharqiy Turkiston (Shinjon)dagi siyosatini tanqid ostida olib, u yerdagi musulmonlar zulm ko‘rayotganini va bunga jim turmaslik kerakligini aytgandi.

«The Telegraph» nashrining xabar qilishicha, Xitoyda Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Mesut O‘zilning tarmoqlardagi sahifalari blok qilindi.

Uning fan-klubi tarqatib yuborildi, mahalliy internet qidiruvlardan ism-sharifi o‘chirib tashlangan.

Shuningdek, Eurosport.ru nashri Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Gen Shuanning munosabatini ham e’lon qilgan. Rasmiy vakilning so‘zlariga ko‘ra, O‘zil feyk xabarlar ta’siriga tushgan va bemalol kelib Sharqiy Turkistondagi hayot bilan tanishishi mumkin. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring