Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi Xitoyda politsiya tomonidan ikki soat ushlab qolindi

Messi Xitoyda politsiya tomonidan ikki soat ushlab qolindi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Xitoyga yetib kelganida aeroportda bir necha soat ushlab qolindi. Bu haqda «sport.es» xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, Messi mamlakatga Argentina pasporti bilan emas, balki ispan pasporti bilan kirmoqchi bo‘lgan. Biroq Ispaniya fuqarolari Xitoyga kirishi uchun viza olishlari kerak.

Futbolchiga migratsiya xizmati maxsus va shoshilinch holat sifatida viza bergunga qadar aeroportda taxminan ikki soat kutishga to‘g‘ri kelgan. Qayd etilishicha, Messining pasporti bilan bog‘liq muammo 20 daqiqada hal qilingan.

Messi Xitoyga Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etish uchun borgan. O‘yin 15 iyun kuni Pekinda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring