Messi va Hemilton: bir xil natija, bir xil mukofot
Berlin (Germaniya)da «Laureus World Sports Academy» talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi sportchilariga mukofotlar topshirildi.
Argentina terma jamoasi hamda «Barselona» (Ispaniya) futbolchisi Lionel Messi hamda britaniyalik «Formula-1» avtopoygachisi Lyuis Hemilton 2019 yil laureatlari, ya’ni eng yaxshi sportchilari deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, Messi o‘tgan yili oltinchi marotaba dunyoning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilib, «Oltin to‘p» hamda «Oltin butsa»li bo‘lgandi.
Hemilton 2019-yil mavsumida o‘z faoliyatida oltinchi marotaba, qatorasiga beshinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Amerikalik gimnastikachi, jahon chempionatida beshta oltin medalli bo‘lgan Simona Baylz esa yilning eng yaxshi ayol sportchisi bo‘ldi.
Yilning eng yaxshi jamoasi esa 2019-yili Jahon kubogini yutib olgan Janubiy Afrika Respublikasi regbi bo‘yicha milliy jamoasi bo‘ldi.
Shuningdek, sakkiz karra paralimpiya chempioni, amerikalik Oksana Masters, «Tur de Frans-2019» g‘olibi, kolumbiyalik Egan Bernal, hindistonlik kriketchi Sachin Tendulkar, germaniyalik avtopoygachi Sofiya Flyorsh hamda basketbolchi Dirk Novitskiga ham maxsus mukofotlar ham topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter