Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi Parij Olimpiadasiga bormaydi

Messi Parij Olimpiadasiga bormaydi

Foto: USA Today Sports

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Parijdagi Yozgi olimpiya o‘yinlarida qatnasha olmasligini ma’lum qildi.

«Olimpiya o‘yinlarini hozir o‘ylash og‘ir, chunki Amerika kubogida ham qatnashamiz. Agar ikkisida ham ishtirok etsam, ikki-uch oygacha klubimga («Inter Mayami») yordam berolmayman. Qolaversa, hozir tinmay o‘ynaydigan yoshdan ham o‘tganman.

Shuning uchun ehtiyotkorlik talab qilinadi, ikkita turnirda qatorasiga o‘ynash og‘ir. Vaqtida Olimpiya o‘yinlarida qatnashish va g‘olib bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganman. Bu mening faoliyatim uchun ajoyib saboq bo‘lgan», — Messidan iqtibos keltirdi ESPN.

Amerika kubogi AQShda 20-iyundan 14-iyulga qadar o‘tkaziladi. Parij Olimpiya o‘yinlari futbol bellashuvlari esa 24-iyulda boshlanib, 10-avgustda yakuniga yetadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring