Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

​Messi bir muddat «Inter Mayami»ga yordam bera olmaydi

​Messi bir muddat «Inter Mayami»ga yordam bera olmaydi

Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin faqat ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan «Inter Mayami»ga kelayotgan ikki bahsda qiyin bo‘ladi.

Bu uchrashuvlarda argentinalik yulduz jamoasiga yordam bera olmaydi.

Messi 2026 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda qatnashish uchun Argentina terma jamoasiga chaqirtirilgan.

Argentinaliklar birinchi uchrashuvni 8 sentbyar kuni Ekvadorga, 12 sentyabrda esa Boliviya vakillariga qarshi o‘tkazadi.

Lionel Messi «Inter Mayami»ning 4 sentyabr kungi «Los-Anjeles» va 10 sentyabrdagi «Sporting» bilan bo‘ladigan bahslarini o‘tkazib yuboradi.

36 yoshli futbolchi «Inter Mayami» safiga 17 sentyabrga belgilangan «Atalanta Yunayted» bilan bo‘ladigan bahsigacha yetib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring