MDH o‘yinlarida bokschilarimiz medallarni «terib olishdi»
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida davom etayotgan I MDH o‘yinlarida boks bo‘yicha final bahslari nihoyasiga yetdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Bekzod Xidirov boshchiligidagi bokschilarimiz ilk marotaba tashkil etilgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga jami 9 ta medal – 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi.
MDH o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilar:
Oltin:
-48 kg: Javohir Qo‘ysinov
-50 kg: Sayat Ilyasov
-54 kg: Farrux To‘laganov
-63 kg: Bunyodjon Amirov
Kumush:
+80 kg: Ravshanjon Soliyev
-46 kg: Ilhomjon Ergashev
-57 kg: Qahramon Fozilov
Bronza:
-60 kg: Umidillo Abdurasulov
-66 kg: Jafarbek Shaxbozov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter