Maradonaning shifoxonaga yotqizilish sababi ma’lum bo‘ldi

Argentinalik sobiq futbolchi, hozirda «Ximnasiya va Esgrima» klubi bosh murabbiyi Diyego Maradonaning shifoxonaga yotqizilish sababi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Associated Press» xabar berdi.
Sportchining vakili argentinalik depressiyaga qarshi davolanayotganini aytdi. Oxirgi hafta Maradona ma’yus bo‘lib qoldi va ovqatlanishdan bosh tortdi. Futbolchi 60 yoshga to‘lganidan uch kun o‘tib, ya’ni 2-noyabr kuni shifoxonaga yotgan. Murabbiyning atrofidagilar Maradonaning koronavirusga chalinishi bilan bog‘liq mish-mishlarni rad etmoqda.
31-oktyabr kuni Maradona Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ishonishini ma’lum qilgandi. Sportchi koronavirus vaksinasining tezroq paydo bo‘lishidan umid qilmoqda. Sobiq o‘yinchining aytishicha, butun dunyo aynan Rossiya preparatlaridan foydalanishadi.
Maradona — Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni. U, shuningdek, «Barselona», «Napoli» va «Boka Xuniors»dagi o‘yinlari bilan tanilgan. Sportdagi karerasini tugatgach argentinalik bir qancha klublarga rahbarlik qilgan. 2019-yilda u «Ximnasiya»ni qabul qilib oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter