Maradonaning «ketmoni uchmayapti». U yana iste’foga chiqarildi
Afsonaviy Diyego Maradonaning murabbiylik faoliyati muvaffaqiyatsiz davom etmoqda. U yana ishsiz qoldi.
Argentinaning «Ximnasiya» klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan 59 yoshli mutaxassisga 2,5 oy o‘tib chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Bu haqda La Red radiostansiyasi efirida jamoa prezidenti Gabriel Pellegrino ma’lum qilgan.
«Maradona endi klubning bosh murabbiyi hisoblanmaydi», – degan Pellegrino.
Uning boshqaruvidagi jamoa Argentina chempionatining 13-turidan keyin 22-o‘ringa pastlagach, shunday qarorga kelingan.
Argentina klubi Maradonaning so‘nggi bir yildagi uchinchi ish joyi edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter