Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Manchesterda gollar shousi, Liverpulda drama, «PSJ»da durang — YeChL 1-turi tugadi

Manchesterda gollar shousi, Liverpulda drama, «PSJ»da durang — YeChL 1-turi tugadi

Kecha Yevropa chempionlar ligasining 1-tur o‘yinlari yakunlandi. Jasurbek Yaxshiboyev asosiy tarkibda tushgan o‘yinda "Sherif" jamoasi "Shaxtyor"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu guruhdagi "Inter" va "Real" Madrid o‘rtasidagi bahs madridliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa Yaxshiboyev jamoasi guruhda hozircha peshqadamlik qilmoqda. 2-turda "Sherif" Madridda mehmon bo‘ladi.

"Liverpul" va "Milan" o‘rtasidagi dramatik uchrashuvda mezbonlar g‘alabani ilib ketishdi. Messi va Neymari bor "PSJ" esa mehmonda "Bryugge"ni yenga olmadi.

YeChL, 1-tur

  • Manchester Siti (Angliya) - Leypsig (Germaniya) - 6:3
  • Bryugge (Belgiya) - PSJ (Fransiya) - 1:1
  • Liverpul (Angliya) - Milan (Italiya) - 3:2
  • Atletiko (Ispaniya) - Portu (Portugaliya) - 0:0
  • Beshiktjsh (Turriya) - Borussiya (D, Germaniya) - 1:2
  • Sporting (Portugaliya) - Ayaks (Niderlandi) - 1:5
  • Sherif (Moldova) - Shaxtyor (Ukraina) - 2:0
  • Inter (Italiya) - Real Madrid (Ispaniya) - 0:1
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring