Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» afsonasiga haykal qo‘yildi (video)

«Manchester Yunayted» afsonasiga haykal qo‘yildi (video)

«Manchester Yunayted» futbol klubining afsonaviy hujumchisi, «Oltin to‘p»ning yagona shotlandiyalik sohibi Denis Louga bugun haykal qo‘yildi.

Shotlandiyaning Aberdin shahridagi haykalning ochilish marosimida futbolchining o‘zi va taniqli murabbiy ser Aleks Fergyuson ishtirok etdi.

Denis Lou 1940 yil (81 yosh) Aberdin shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini «Xaddelsfild» va «Manchester Siti»da boshlagan bo‘lsa, faoliyatining eng gullagan davrlari (1962-1973 yillar) aynan «Manchester Yunayted»ga to‘g‘ri kelgan.

Qirol nomi bilan tanilgan futbolchi terma jamoada ham katta shuhrat qozongan. U «Oltin to‘p» sovrini olgan yagona shotland hisoblanadi. Shuningdek, Lou terma jamoadagi barcha davrlarning eng zo‘r to‘purari bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida Denis Lou og‘ir xastalikka chalingani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring