Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» afsonasini qadrdon stadionida tanishmadi

«Manchester Yunayted» afsonasini qadrdon stadionida tanishmadi

Foto: «Reading FC»

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi, ayni paytda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Gari Nevill «Old Trafford»da noqulay vaziyatga tushib qoldi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.

Nevill Angliya chempionatining «Chelsi»ga qarshi 36-turida shu stadionda bo‘lishi kerak edi. Biroq «Sky Sports» kanaliga reportaj tayyorlashga kelgan Nevill uchun stadionga kirish oson kechmadi. Qo‘riqchilar ruxsatnoma talab qilishdi.

Gari Nevill. Foto: «Delfi»

«Ikki marta kirishga urindim. Ammo qo‘riqchilar ichkariga kiritishni istashmadi. Ular meni tanishmadi. Ruxsatnomamni ko‘rsatishni so‘rashdi» — «The Sun» Nevilldan shunday iqtibos keltirgan.

Tushunmovchilik tezda bartaraf etildi, har tugul qo‘riqchilar orasida Gari Nevillni taniydiganlari bor ekan.

Ma’lumot uchun: Gari Aleksandr Nevill «Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi himoyachisi bo‘lgan. Roy Kin ketganidan so‘ng yetti yil (2005—2011-yillar) MYu ga sardorlik qilgan. Butun futbolchilik faoliyatini «Manchester Yunayted» safida o‘tkazgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring