«Manchester Siti»da koronavirus tarqaldi: o‘yin qoldirildi
Angliya premer-ligasining (APL) 16-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» — «Everton» uchrashuvi bekor qilindi. Bu haqda «BBC Sport» xabar berdi.
Ushbu qaror Xosep Gvardiola jamoasida koronavirus tarqalganligi sababli qabul qilingan. O‘yin 28- dekabr, dushanba kuni Liverpulda bo‘lib o‘tishi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00da (29-dekabr) boshlanishi kerak edi. Uchrashuv qaysi sanaga ko‘chirilgani haqida ma’lumot berilmagan.
25-dekabr, juma kuni «Manchester Siti» futbolchilari Gabriel Jezus va Kayl Uoker hamda jamoa xodimlarining ikki vakili koronavirusga chalinganligi ma’lum bo‘ldi. Uch kundan so‘ng yana kimlar ro‘yxatga qo‘shilganligi haqida xabar berilmagan.
15 turdan so‘ng «Everton» 29 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini egallagan. «Manchester Siti» bitta kam o‘yin o‘tkazgan, 26 ochko to‘plagan holda oltinchi o‘rinda bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter