Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Siti» Chempionlar ligasi qur’asidan g‘azabda

«Manchester Siti» Chempionlar ligasi qur’asidan g‘azabda

«Manchester Siti» sport direktori Chiki Begiristayn Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash natijalariga ko‘ra, klubning «Real» bilan o‘ynashini tanqid qildi. Uning so‘zlarini Marca nashri keltirmoqda.

«Qanday sharmandalik, men bu sharchalardan charchadim - hammasi avvalgiday bir xil. O‘tgan yilgidek ssenariy - faqat «Liverpul» «Arsenal»ga almashtirildi», dedi u.

«Manchester Siti» va «Real Madrid» ketma-ket uchinchi marta Chempionlar Ligasi pley-offida o‘ynaydi. O‘tgan mavsumda Madridda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan va Manchesterda «shaharliklar» raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etishgandi.

Dastlabki o‘yinlar 9-10-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari 16 va 17-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 15-mart kuni UYeFA Chempionlar ligasi chorakfinal va yarimfinal bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’aga ko‘ra, 1/4 finalda quyidagi juftliklar o‘ynaydigan bo‘ldi:

 «Arsenal» – «Bavariya»

«Atletiko» – «Borussiya» Dortmund

«Real» – «Manchester Siti»

«PSJ» – «Barselona»

Turnirning amaldagi g‘olibi - final uchrashuvida Italiyaning «Inter» klubini mag‘lub etgan «Manchester Siti»dir. O‘tgan yilgi final uchrashuvi 1:0 hisobida yakunlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring