Makgregor jangining chiptalari bir kunda sotilib ketdi
Aralash janglar bo‘yicha eski chempion Konor Makgregor oktagonga qaytmoqda. Irlandiyalik 2020-yilning 18-yanvar kuni Las-Vegasda amerikalik Donald Serrone bilan to‘qnashadi.
Per @danawhite #UFC246 sold out @TMobileArena on first day on sale. Gate of $10 million.
— Kevin Iole (@KevinI) 21 dekabrya 2019 g.
Insayder Kevin Loyl yozishicha, UFCning mana shu jang uchun chiqarilgan chiptalari bir kun ichida sotilib ketgan. Tushgan pul — 10 mln. dollar!
Konor Makgregor UFC doirasidagi 25 ta jangidan 21 tasida raqiblarini yer tishlatgan. 2018-yilning 6-oktyabridan beri esa «ta’tilda» — o‘sha kuni o‘zi Habib Nurmagomedovdan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter