Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi JCh-2026ga borishi haqidagi savolga javob berdi

Messi JCh-2026ga borishi haqidagi savolga javob berdi

Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi 2026-yilgi jahon chempionatiga borishi mumkinligini inkor etmadi, deb xabar beradi Infobae. 

"Bu mening o‘zimni qanday his qilishimga, qanday shaklda ekanligimga bog‘liq. Odam o‘ziga nisbatan realist bo‘lib, yuqorida darajasini bilmog‘i kerak", - dedi Messi.

Messi 2023-yilning yozida" Inter Mayami"ga o‘tgan edi. O‘tgan yilning 20-avgust kuni argentinalik futbolchi Amerikadagi ilk sovrin – Liga kubogini qo‘lga kiritgandi. Bungacha u deyarli butun faoliyatini "Barselona"da o‘tkazgan va PSJda ikki mavsum o‘ynagan.

2022-yilning dekabrida Messi Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘ldi. Bu yulduz futbolchi faoliyatidagi birinchi shunday sovrindir. U terma jamoa safida 100 dan ortiq gol urgan.

Joriy mavsumda Messi MLSda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi. Futbolchi 9 ta golli uzatma ham amalga oshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring