Lui van Gal saratonga chalingani ma’lum bo‘ldi
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui Van Gal saraton kasalligiga chalinganini ma’lum qildi.
«Har safar terma jamoada bo‘lganimda tunda kasalxonaga borishga to‘g‘ri keladi, shu paytgacha futbolchilarning bundan xabari yo‘q edi. Ular meni sog‘lom deb o‘ylashdi, ammo sog‘lom emasman», — dedi Van Gal Gollandiya telekanallaridan birida.
70 yoshli mutaxassis prostata saratonining agressiv shakliga uchraganini aytdi. Hozirgacha u 25 muolajadan o‘tgan.
Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022da Gollandiya terma jamoasi Qatar, Senegal va Ekvador bilan to‘qnash keladi. Birinchi o‘yinda, 21 noyabr kuni gollandlar senegalliklar bilan bahs olib borishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter