«Liverpul» UEFA Superkubogini qo‘lga kiritib, «Real»ga yetib oldi
![«Liverpul» UEFA Superkubogini qo‘lga kiritib, «Real»ga yetib oldi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3790257573.jpg)
Istanbulda UEFA Superkubogi uchun Angliyaning «Liverpul» va «Chelsi» klublari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi.
«Vodafon Arena»dagi «superto‘qnashuv»ning asosiy vaqtida darvozalarga bittadan gol urildi — 1:1. G‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha taymlar ham kamlik qildi, yana bittadan gol urilib, 2:2 hisobi yuzaga keldi.
Penaltilar seriyasida esa «Liverpul» 5:4 hisobida g‘olib bo‘ldi.
Klopp murabbiylik faoliyatidagi 800-o‘yinida 7-sovrinini qo‘lga kiritdi.
UEFA Superkubogi
«Liverpul» — «Chelsi» — 2:2, penaltilar seriyasi — 5:4
Gollar: 0:1 — 36 Jiru, 1:1 — 48 Mane, 2:1 — 95 Mane, 2:2 — 101, penalti Jorjino.
«Liverpul» — Adrian, van Deyk, Matip, Robertson (Aleksander-Arnold, 90), Gomes, Henderson, Milner (Veynaldum, 64), Oksleyd-Chemberlen (Firmino, 46), Fabino, Mane (Origi, 103), Saloh.
«Chelsi» — Arrisabalaga, Zuma, Kristensen (Tomori, 85), Emerson, Aspilikueta, Kovachich (Barkli, 101), Jorjino, Pulishich (Maunt, 74), Kante, Pedro, Jiru (Abraham, 74).
Penaltilar seriyasi:
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.
Ogohlantirishlar: Aspilikueta (79), Henderson (85), Aleksander-Arnold (107).
Ma’lumot uchun: «Liverpul» UEFA Superkubogini 4-marta qo‘lga kiritib, «Real Madrid»ga yetib oldi.
Statistika:
«Barselona», «Milan» — 5 marta
«Real» (Madrid), «Liverpul» — 4 marta
«Ayaks», «Atletiko» (Madrid) — 3 marta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter